TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit o‘z vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Prezident Uzbekistana i Nasledniy prins Saudovskoy Aravii obsudili voprosi dalneyshego razvitiya mnogoplanovogo sotrudnichestva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Muhokama etilgan masalalar:
"Yashil" energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xo‘jaligi, sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari;
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan, 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish;
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston yetakchisi fuqarolar Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.