TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Agrosanoat majmui masalalari bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida Ittifoq aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha yondashuvlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar nasldor qishloq xo‘jaligi hayvonlarining irsiy kasalliklari ro‘yxatiga ularning genetik salohiyatini yaxshilash, sifatsiz mahsulot va kasallik tashuvchilarni ko‘paytirishdan istisno qilishga qaratilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
Shuningdek, ularning naslchilik va mahsuldorlik sifatini baholashning xolisligi va ishonchliligini oshirish maqsadida Ittifoqda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini baholash (toifalash) bo‘yicha yagona yondashuvlar kelishib olindi.
Qolaversa, a’zo davlatlar o‘rtasida agrosanoat majmuasi, qo‘shma agroinnovatsiya markazlari sohasida texnologik hamkorlik imkoniyatlarini yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, taqsimlash va tashish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Maslahat qo‘mitasi a’zolari Ittifoq aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha yondashuvlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratdi.