Yengil atletika: o‘zbekistonlik sportchilar Xitoydagi musobaqada beshta medalga ega chiqishdi

Xitoyning Urumchi shahrida yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yopiq inshootlardagi xalqaro musobaqa boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar xalqaro musobaqada 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Urumchi shahrida yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yopiq inshootlardagi xalqaro musobaqa boshlandi.
Yosh toifalari bo‘yicha tashkil etilayotgan turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ko‘plab yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
G‘oliblar:
Oltin medal: U16: Dostonbek Abdumutalov (yadro uloqtirish), U16: Anastasiya Silchenkova (1500 metrga yugurish), U18: Angelina Grechkina (uzunlikka sakrash), kattalar: Amir Nagayev (balandlikka sakrash).
Bronza medal: U18: Oybek Zarifjonov (yadro uloqtirish).
Bugun Anastasiya Silchenkova (U16) 3000 metrga yugurish, Leyla Qambarova esa (U18) balandlikka sakrash bahslarida medallar uchun kurashadi.