TOShKENT, 11 noya — Sputnik.O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlardan keyin yoshlar ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Shiddatli bellashuvlarda sportchilar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Oltin medal: -65.8 kg: Zafarjon Asatov, -97 kg: Mirjalol Uralov, -65.8 kg: Muzayana Sadriddinova, -79.4 kg: Xurshida Roziqova.
Kumush medal: -52.2 kg: Firdavs Atamuradov, -83.9 kg: Sarvarbek Hasanov, -70.3 kg: Ra’no Nasriddinova, -74.8 kg: Mahliyo Abdumannopova.
Bronza medal: -56.7 kg: Shohjahon Temirov, -61.2 kg: Ilhomjon Borisov, -65.8 kg: Suhrob Boymatov, -88.4 kg: Islombek Quvonchiyev, -93 kg: Yusufboy Ahmedov, +97 kg: Muhsinjon Mo‘minjonov, -65.8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva, -74.8 kg: Shohsanam Amaniyazova, -79.4 kg: Xadichabonu Tursunqulova.