TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh konsulligida Ural davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Elina Zokirova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatda sanoat turizmini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Tomonlar ta’lim sohasidagi loyihalar yuzasidan fikr almashishdi.
O‘zbekistonda sanoat turizmi va menejment sohalarida tadbirlarni birgalikda tashkil etish, qo‘shma kadrlar tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bir qancha yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va uni yanada yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston viloyatlari hokimliklari huzuridagi turizm boshqarmalari xodimlari uchun turizm sohasida onlayn mahorat darslari o‘tkazishga kelishib olishdi.