TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy atrofidagi harbiy xarajatlar bilan bog‘liq barcha hujjatlarni shoshilinch tozalash boshlandi. Bu haqda Rossiya jamoat palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Zelenskiy atrofidagilar qurol-yarog‘, o‘q-dorilar yetkazib berish va pul ajratish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni shoshilinch ravishda tozalashni boshlagani haqida ishonchli ma’lumotlar olinmoqda. Ular buni NATO va Amerika rasmiylari bilan birgalikda amalga oshiradilar”, — dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tozalashdan maqsad firibgarlik va pul o‘g‘irlanganlik dalillarini yashirish istagi, chunki Kiyev rejimi AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainaga barcha harbiy ta’minotlarni tekshirishni boshlashini aniq tushunadi.