O‘zbekiston mahsulotlari "Oqtov dengiz tijorat porti" orqali tashilishi mumkin

O‘zbekiston eksportchilari mahsulotlarini "Oqtov dengiz tijorat porti" orqali tashish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istonning "Oqtov dengiz tijorat porti" milliy kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog‘istonning "Oqtov dengiz tijorat porti" milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Abay Turikpenbayev bilan uchrashdi.
Diplomati Uzbekistana obsudili s rukovodstvom kazaxstanskogo morskogo porta perspektivnie sovmestnie proyekti
Unda "Oqtov dengiz tijorat porti"ning hozirgi holati, uning texnik imkoniyatlari, o‘zbek eksportchilarining mahsulotlarini ushbu dengiz porti orqali uchinchi davlatlarga yetkazish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Aytilishicha, hozirgi kunda port o‘z imkoniyatlarini kengaytirmoqda, shu jumladan mahsulotlarni tranzit va konteynerli tashish orqali diversifikatsiya qilish bilan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishining muhim bir qismiga aylanmoqda.
Port 2024-yil davomida tranzit tashuv hajmini 5 million tonnadan oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan konteynerda yuklarni yetkazish faol rivojlanmoqda.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni jadallashtirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.