O‘zbekiston va YeOII

Moskvada VI Yevroosiyo aerokosmik kongressi bo‘lib o‘tadi

Kongressning asosiy mavzusi – aerokosmik faoliyatdagi strategik o‘zgarishlar va ular bilan bog‘liq vazifalar va boshqaruv muammolari.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskvadagi “Rossiya” milliy markazida 12-noyabr kuni VI Yevroosiyo aerokosmik kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va qator davlatlardan 600 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Kongressning asosiy mavzusi aerokosmik faoliyatdagi strategik o‘zgarishlar va ular bilan bog‘liq vazifalar va boshqaruv muammolari.
Tadbir ishtirokchilari import o‘rnini bosish va mavjud ishlab chiqarishlarni tarkibiy o‘zgartirish, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan bog‘liq muammolar majmuasini hal qilishga qaratilgan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarga tegishli masalalar va boshqa ko‘plab mavzularni muhokama qilishadi.
Kongress ishini yalpi majlis ochadi, unda aviatsiya va kosmik sanoatni kelgusida rivojlantirishga oid strategik xarakterdagi masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadbir doirasida tematik konferensiyalar va davra suhbatlari ham o‘tkaziladi.
Konferensiya mavzulari:
Muhandislik ma’lumotlari - raqamli ishlab chiqarishni boshqarishning asosi;
Aerokosmik sanoati uchun yangi materiallar va texnologiyalar;
Kosmik xizmatlarni tijoratlashtirish;
Muhandislik ta’limi texnologiyalari;
Sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarish: davlat va xususiy dasturlarning gorizontal integratsiyasi;
Katta o‘lchamdagi va o‘ta og‘ir yuklarni tashishni tashkil etishning joriy amaliyoti va kompleks aviatsiya ishlari va xizmatlarini rivojlantirish.
Shuningdek, “Innovatsion texnologiyalar klasterlari va texnoparklar: aerokosmik sanoatni rivojlantirishdagi roli” va “Parvoz xavfsizligi - yangi muammolar” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Kongress Rossiya sanoat va savdo vazirligi, shuningdek, aviatsiya va kosmik sanoatining yetakchi korxonalari ko‘magida o‘tkaziladi.