TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi aralash jang san’ati turlari bo‘yicha jahon chempionatida faxrli birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkent mezbonlik qilayotgan aralash jang san’ati turlari bo‘yicha jahon chempionatida kattalar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
Vzroslaya komanda stala pervoy na ChM po MMA
© NOK
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Sportchilar murosasiz bahslar davomida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Vzroslaya komanda stala pervoy na ChM po MMA
© NOK
Batafsil:
Oltin medal: -61.2 kg: Jamshid Tillayev, -65.8 kg: Zafar Rashidov, -97 kg: Asrorbek Anvarjonov.
Kumush medal: -52.2 kg: Qarshi Usmonov.
Bronza medal: -56.7 kg: Firdavs Hayitmatov, -93 kg: Shamshod Shukurov, -97 kg: Islombek Qodirov, +97 kg: Humoyiddin Muxtorov, -46.7 kg: Natalya Kadirova, -70.3 kg: O‘g‘iloy Jumanova, -74.8 kg: Gulsara Kazakbayeva, -79.4 kg: Mashhura Yo‘ldosheva.
Bugun yoshlar o‘rtasida final bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda 8 nafar sportchi chempionlik uchun jang qiladi.