Kuz fasli shaharlarga o‘ziga xos iliqlik va quvvat hissini bag‘ishlaydi. Ammo Toshkentdagi kuz – bu alohida mavzu. Toshkentning go‘zal tabiati va shiddatli hayotiga kuz fasli alohida yangilik kiritadi, shahar yorug‘ ranglarga burkanadi. Aynan shu davrda shahar yuragida joylashgan ko‘hna bog‘lar va madaniy maskanlar tillarang yaproqlar bilan bejirim ko‘rinishga kiradi, odamlar uchun eng yoqimli sayohat joylariga aylanadi.
Toshkentliklar va shahar mehmonlari ko‘pincha Amir Temur haykali atrofida joylashgan bog‘ni afzal ko‘radilar. Kuz faslida bog‘ markazidagi maydon tillarang yaproqlar bilan o‘rab olinadi.
Shahar aholisi va mehmonlar kuzning oxirgi iliq kunlaridan bahramand bo‘lish uchun bog‘larga oshiqadilar.
Oltin kuz – bu shunchaki fasl emas, balki har bir kunni, har bir lahzani qadrlashni o‘rgatuvchi mavsumdir.
Kuzning go‘zalligini Sputnik O‘zbekiston fotomuxbiri tomonidan olingan fotolarda his eting.