TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Bu bo‘yicha prezident farmoni imzolandi.
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
Abduraxmanov Akram Abdusattarovich - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi jarrohi;
Batirov Abduraxman Ruzumbayevich - Boyovut tumanidagi "Boyovut To‘maris shifo" mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar shifokori, Sirdaryo viloyati;
Jalolova Xafiza Muxtorovna - Pop tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Namangan viloyati;
Xudayberdiyev Kobil Tursunovich - Andijon davlat tibbiyot institutining travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, Andijon viloyati;
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan:
Avezova Gulnora Rustamovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Qiziltepa tumani bo‘limi bosh feldsheri;
Allakulov Islambay Madrimovich - Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi mudiri;
Berdiyeva Muqaddas Xasanboyevna - Sharof Rashidov tumanidagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati;
Maulenov Babaraushan Jumabayevich - Shumanay tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Maxmatmuratova Gulsina Islamovna - Urgut tumanidagi "Sharof Rashidov" oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Samarqand viloyati;
Memdjanova Aliya Nuriyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali laboratoriya bo‘limi mudiri, Farg‘ona viloyati;
Nazarov Akmal Bobamurotovich - Parkent tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Toshkent viloyati;
Saidov Ashur Saparovich - Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Surxondaryo viloyati;
Safarov Orif Muradullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali oftalmologi, Buxoro viloyati;
Shukurov Abduraxman Raupovich - Qarshi shahri markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Djumabayeva Roza Bazarbayevna - Bo‘stonliq tumanidagi "Pskom" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Toshkent viloyati;
Salaxitdinov Shuxratjon Najmitdinovich - Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokori;
Smetova Gulnar Joldasbayevna - Kegeyli tumanidagi "Aqtuba" oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Xakimova Soxibaxon Obidjanovna - Andijon tumanidagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Andijon viloyati;
Xlevnaya Yelena Andreyevna - Guliston shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati;
Shamsiyev Azamat Muxitdinovich - Samarqand davlat tibbiyot universitetining bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori;
"Sog‘lom turmush" medali bilan:
Artiqova Hulkar Akramovna - G‘allaorol tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati;
Namozova Munisa Salomovna - G‘ozg‘on shahri tibbiyot birlashmasi tibbiy brigada hamshirasi, Navoiy viloyati;
Niyazova Diloram Askarovna - Toshkent shahridagi 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi katta hamshirasi;
Ujarova Dilbar Xurramovna - G‘uzor tumanidagi "Qovchin" oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Qashqadaryo viloyati;
Xusanova Norbegim Rivojovna - Paxtachi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mudiri, Samarqand viloyati;
Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, Buxoro viloyati;
Homidjonova Rano Jiyanovna - So‘x tumanidagi "Lenbur" oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Farg‘ona viloyati;
"Shuhrat" medali bilan:
Jumaboyev Otabek Toshtemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali jarrohi, Andijon viloyati;
Qobilov Botir Zakirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali xirurgiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati;
Musayev Ulug‘bek Ergashaliyevich - Mingbuloq tumanidagi "Med Layt" xususiy klinikasi rahbari, shifokor-terapevti, Namangan viloyati;
Sultanova Zulfiya Radjapbayevna - Tuproqqal’a tumanidagi "Sarimoy" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati;
Tangirbergenov Rustam - Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Beruniy tumani bo‘limi haydovchisi;
Tillaboyev Sodiqjon Valiyevich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi jarrohi, Farg‘ona viloyati;
Sharipov Islamjan Mamatxanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kam invaziv yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi mudiri;
Sharipova Ra’no Rustamovna - Sariosiyo tumanidagi "Guliston" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati;
Yarmatov Alisher - O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi a’zosi, Samarqand viloyati.
O‘zbekistonda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.