TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK), Marketing va narxlarni o‘rganish milliy markazi, shuningdek, Belarus Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Belarusda “yagona darcha” milliy mexanizmini rivojlantirish bo‘yicha pilot loyihalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda milliy “yagona darcha” mexanizmlarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan YeOII mamlakatlari, YeIK, bojxona xizmatlari, davlat organlari va biznes vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga Belarusda “Tashqi iqtisodiy faoliyat uchun bir darcha” elektron platformasini yaratish loyihasining tashkiliy-huquqiy jihatlari, “E-Pasluga” portalining funksional imkoniyatlari va boshqaruvchi bojxona biznes-jarayonlari taqdim etildi.
“Yagona darcha” mexanizmi YeOIIda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan istiqbolli loyihadir. U progressiv tashkiliy, huquqiy, texnik va texnologik yechimlardan foydalangan holda “yagona darcha” mexanizmining zamonaviy modellarini yaratish bo‘yicha jahon tajribasini birlashtiradi”, — dedi YeIKning bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov.
Ta’kidlanishicha, a’zo davlatlarda amalga oshirilayotgan loyiha YeOII raqamli kun tartibi talablariga javob beradi va tartibga solish funksiyalarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan “aqlli” bojxona institutini rivojlantirish bilan bog‘liq.