U “Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekiston bilan juda yaqin hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
“Bu bizning umumiy tariximiz, bu bizning umumiy standartlarimiz, umumiy maqsadlarimiz va texnologiyalarimiz”, - dedi Pavlov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat standart yo‘nalishlar, balki Kaspiy dengizi orqali multimodal yo‘nalishlar ham ishlab chiqilmoqda.
Pavlovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar talabalar va o‘zbekistonlik temir yo‘l mutaxassislari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ham yaratmoqda.
“Bu yil biz o‘zbek temir yo‘l mutaxassislari uchun “Rossiya temir yo‘llari”ning korporativ universitetida o‘qitish amaliyotini tashkil etdik. Ushbu universitet dunyoning eng yaxshi korporativ universitetlaridan biri hisoblanadi”, - dedi “Rossiya temir yo‘llari” rahbari birinchi o‘rinbosari.
Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.