Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroga barham berishning yangi rejasini muhokama qilmoqda — OAV

OAV: Tramp jamoasi Ukrainani qurollantirish uchun pul to‘lamoqchi emas.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Donald Tramp atrofidagilari Ukrainadagi mojaroni muzlatib qo‘yishni rejalashtirmoqda, agar Kiyev NATOga qo‘shilishdan vaqtincha voz kechsa, qurol yetkazib berish davom ettiriladi. Bu haqda "Wall Street Journal" nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Nashrning yozishicha, bu reja mojaroni muzlatish va front chizig‘i bo‘ylab qurolsizlantirilgan hudud yaratishni nazarda tutadi.
“Trampning o‘tish idorasi tomonidan taklif qilingan variantlardan biri […] Kiyevning NATOga kamida 20-yil qo‘shilmaslik haqidagi va’dasini o‘z ichiga oladi. Buning evaziga Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qurol-yarog‘ bilan yetkazb berishni davom etadi”, — deyiladi maqolada.
Biroq demilitarizatsiya qilingan hududda tartibni saqlash mas’uliyatini kim o‘z zimmasiga olishi noaniqligicha qolmoqda. Manbalardan biri "tinchlikparvar kuchlar" tarkibiga AQSh qo‘shinlari yoki BMT kabi AQSh homiylik qiladigan xalqaro tashkilot kontingentlari kirmasligini ta’kidladi.

“Biz mashg‘ulotlarda va boshqa yordamlarni bera olamiz, ammo qurollantirish Yevropaniki bo‘ladi <…> Va biz buning uchun pul to‘lamaymiz. Buni polyaklar, nemislar, britaniyaliklar va fransuzlar qilsin”, — dedi nashr suhbatdoshi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp haligacha Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha hech qanday rejani ma’qullamagan.