Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Razvedkachi Ukraina qo‘shinlarining qabih usuli haqida aytib berdi

Razvedkachi: Ukraina Qurolli Kuchlari Kuraxovo yaqinidagi pozitsiyalarga kimoviy gaz tashlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kuraxovo yo‘nalishidagi razvedka pozitsiyalariga gaz to‘ldirilgan idishlarni tashladi. Bu haqda RIA Novostiga Kirey chaqiriq belgisi bilan razvedka rotasi kamandiri ma’lum qildi.

“Kimyo. Barcha zarur choralarni ko‘rdik va orqaga chekindik. Shamol gazni teskari tomonga uchirib yubordi. Ular biz bilan barcha usullar, jumladan, taqiqlangan usullar bilan kurashishga harakat qilmoqda”, — dedi u.

Kuraxovo yo‘nalishida faol hujum operatsiyalari olib borilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Donbassning janubi-g‘arbiy qismidagi eng yirik aholi punkti bo‘lgan Kuraxovoning qo‘lga kiritilishi rus qo‘shinlariga DXR g‘arbiga - Bogatir va Buyuk Novoselka tomon oldinga siljish imkonini beradi.
Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik mudofaa kuchlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov Rossiya qo‘shinlari avgust oyida Ukraina tomonidan tutun snaradlari niqobi ostida yashirin kimoviy qurol qo‘llangani faktlarini fosh qilganini ma’lum qilgandi.
Xususan, 11-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Sudja shahrida DM-105 kimoviy snaradlarini qo‘llagan, buning natijasida 20 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Umuman olganda, general ta’kidlaganidek, Ukraina maxsus harbiy operatsiya davomida Donesk, Bogdanovka, Gorlovka, Kremennaya, Artyomovsk, Krasniy Liman va Boguslavskiy yo‘nalishlarida xloropikrin, Bi-Zet, sinil kislotasi, xlorsian kabi kimoviy moddalardan 400-martadan ortiq foydalangan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRdagi ikkita aholi punktini ozod qildi