TOShKENT, 7 noya — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” va “Tatneft” geologiya-qidiruv yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati.
Qayd etilishicha, “Tatneft” kompaniyasi raisi bilan muzokara o‘tkazildi. Muloqotda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Provedeni peregovori s predsedatelem kompanii "Tatneft"
© Informatsionnaya slujba AO "Uzbekneftegaz"
“Muzokaralarda geologiya-qidiruv yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, dolzarb yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashishni jadallashtirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Muzokarada xorijiy kompaniyaning tajribasi va yangi texnologiyalarni Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda tadbiq etish hamda yangi va yuqori istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Provedeni peregovori s predsedatelem kompanii "Tatneft"
© Informatsionnaya slujba AO "Uzbekneftegaz"
Shuningdek, Tatneft” rahbari jamiyatda tashkil etilgan “Modellashtirish” va “Burg‘ilash ishlarini boshqarish” markazlari hamda “Raqamli kon” loyihalari bilan yaqindan tanishdi.