TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston Butunjahon diniy yetakchilari global sammitida ishtirok etdi, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.
O‘zbekiston Butunjahon diniy yetakchilari global sammitida ishtirok etdi
© Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Bokuda BMTning iqlim o‘zgarishi konferensiyasi doirasida Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
O‘zbekiston Butunjahon diniy yetakchilari global sammitida ishtirok etdi
© Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
“Jahon dinlari yashil sayyora uchun” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda dunyoning 60 tadan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, taniqli diniy yetakchilar, olimlar va ekspertlar qatnashdi.
Tadbirning birinchi kuni ishtirokchilar global iqlim o‘zgarishining sabab va oqibatlari, tabiatni asrash, ekologik muammolarning oldini olish masalalarini muhokama qilib, bu borada barcha diniy konfessiyalar vakillari oldida turgan vazifalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirishdi.
O‘zbekiston Butunjahon diniy yetakchilari global sammitida ishtirok etdi
© Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Sammit doirasida prezidenti maslahatchisi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari xorijlik hamkorlar bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Butunjahon diniy yetakchilari global sammitida ishtirok etdi
© Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Ozarbayjon Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi Ramin Mamedov bilan uchrashuvda diniy soha xodimlari kasb-mahoratini oshirish, maxsus kurslar tashkil etish, mass-media va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bugungi kunda juda ham dolzarb ekani atroflicha muhokama qilindi.