O‘zbekiston Rossiya bilan axborot xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi — yangi qaror

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yana bir hujjat tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik qiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Rossiya bilan xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.
“2021 yil 18-noyabrda Moskva shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin”, — deyilgan hujjat matnida.
Shartnoma 2021-yil 18-noyabr kuni Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi chog‘ida Moskvada imzolangan. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga mazkur shartnoma bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.
Xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Davlat xavfsizligi xizmati;
Ichki ishlar vazirligi;
Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taminlaydi.