“Biz Kengashning navbatdagi 82-yig‘ilishini iyun oyi boshida Tojikistonda o‘tkazamiz. 81-yig‘ilishni yopiq deb e’lon qilaman”, — dedi Rossiya temir yo‘llari rahbari Belozorov.
“O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda temir yo‘l turizmi mahsulotlarini yaratish masalasida faol ishlayapmiz”, – deydi Oleg Belozorov.
“Keyingi yil Sovet xalqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabasining 80-yilligi nishonlanadi. Biz umumiy tarix xotirasini saqlash muhimligini tushunamiz va buning uchun ko‘p ishlarni qilamiz. Ishonchim komilki, Hamdo‘stlik mamlakatlari temir yo‘llarida faxriylar va yoshlar ishtirokida tantanali tadbirlar va xotira tadbirlarini rejalashtirish zarur. Kengash doirasida joriy yil oxirigacha ushbu muhim voqea xotirasiga bag‘ishlangan qo‘shma axborot formati ishlab chiqilishi kerak”, — dedi Belozorov.
"Sharqiy yo‘nalishning uzluksizligi bo‘yicha afzalligidan foydalanib, Rossiya, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston temir yo‘llari ushbu yo‘nalishda muntazam konteyner tashishni rivojlantirmoqda. 2022-yil oktabr oyidan buyon Eronga 36 ta konteyner poyezdi, so‘ngra Hindiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tranzitda, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishda 16 ta konteyner poyezdi jo‘natildi. Joriy yilning avgust oyida Hindistondan birinchi konteyner poyezdi Bandar Abbos porti va Eron-Turkmaniston chegarasi orqali Toshkentga yo‘l oldi”, — dedi Oleg Belozorov.