TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Prezident Uzbekistana i Premyer-ministr Vengrii vistupili za formirovanie novogo portfelya ekonomicheskix proyektov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktabr oyida Qo‘qon shahrida birinchi Hududlar forumi o‘tkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qo‘shma madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Davlat yetakchilari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishdi. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.