Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXRdagi ikkita aholi punktini ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari Antonovka aholi punktini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari Donesk xalq respublikasidagi ikkita aholi punktini ozod qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida “Janubiy” kuchlar guruhi bo‘linmalari Antonovka aholini punktini ozod qilishdi", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, "Sharqiy" qo‘shinlar guruhi Maksimovkani ozod qildi.
Shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina armiyasini ta’minlash uchun ishlatilgan tezkor-taktik aviatsiya, hujumchi dronlari, raketa qo‘shinlari va artilleriya harbiy aerodromlar infratuzilmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish sexi, energetika obyektlari va yoqilg‘i infratuzilmasiga zarbalar berildi.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina Qurolli kuchlarining MiG-29 samolyotini, sakkizta Fransiyaning "Hammer" boshqariladigan bombasini, Amerikaning HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimidan to‘rtta snaradni va 23 ta samolyot turidagi dronlarini urib tushirdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRda Kuraxovkani va Xarkovda Pershotravnevoyeni ozod qildi