Bishkekda O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Bishkekdagi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 6-noyabrya prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshemsya v gorode Bishkeke.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev qatnashdi.
Sammitda Bishkek deklaratsiyasi, O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlar qabul qilindi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 6-noyabrya prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshemsya v gorode Bishkeke.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida, tashkilot doirasida siyosiy va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar bo‘yicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surish maqsadga muvofiqligi qayd etdi.
“Bu o‘rinda gap, eng avvalo, Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz”, — dedi prezident.
Uning qayd etishicha, mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro meyoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzish.
O‘zbekiston yetakchisi keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yechim topilishiga umid bildirdi.
Prezident Afg‘oniston masalasi tashkilot doirasida doimo diqqat markazida bo‘lishi lozimligini aytib o‘tdi.
Vistuplenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva na zasedanii Soveta glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv
“Afg‘onistondagi o‘tkir muammolarni hal etishda amaldagi hukumatga yordam ko‘rsatish, bu davlatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish, ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish masalalari albatta ko‘rib chiqilishi lozim, deb hisoblaymiz”, — deya qayd etdi u.
O‘zbekiston yetakchisi bir qator ustuvor masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Mirziyoyev Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, tashkilot doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratish maqsadida tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, savdo-bojxona tartib-qoidalarini yengillashtirish, elektron tijorat platformalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq bitim va kelishuvlarni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.
“Shu munosabat bilan savdo sohasidagi salohiyatni kengaytirishga qaratilgan chuqur tadqiqotlar olib borish uchun yaqin istiqbolda Toshkentda yetakchi tahlil markazlarining anjumanini o‘tkazish taklif qilindi”, — deyiladi xabarda.
Kelgusi yil uchun iqtisodiy forum, savdo va sanoat ko‘rgazmalari, mintaqa va viloyatlarning o‘zaro tashrif rejalarini, davlat xaridlarida ishtirok etish, kooperatsiya va lokalizatsiya qo‘shma dasturini qabul qilish kerakligi ta’kidlandi.
Jahon moliya bozorida kapitalga bo‘lgan talab va uning qiymati ortib bormoqda, rivojlanayotgan davlatlarga uzoq muddatli va "yashil" kreditlar ajratish shartlari murakkablashmoqda. Shu nuqtayi nazardan, moliyaviy instrumentlarni joriy etish, Turkiy investitsiya fondi faoliyatini faollashtirish va Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish zarurligi aytildi.
Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy investitsiya kompaniyalarini jalb qilish muhimligi qayd etilib, Turkiy investitsiya forumini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi.
Transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, O‘rta yo‘lak bo‘yicha tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralarni kesib o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish yana bir ustuvor masala sifatida belgilandi.
Tashkilot doirasida tashishlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolash tashabbusi ilgari surildi. Ushbu masalalarni biznes vakillari ishtirokida batafsil muhokama qilish maqsadida Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazish dolzarbligi qayd etildi.
Bu galgi sammit mavzusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelajak iqtisodiyotini keng joriy etish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ilg‘or tajriba va yutuqlarni almashish, innovatsiyalar, infratuzilma va ilm-fanning raqamli tizimlarini, yirik ma’lumotlar markazlarini yaratishga qaratilgan "Raqamli turkiy dunyo" konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 6-noyabrya prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv, sostoyavshemsya v gorode Bishkeke.
O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni kelgusi haftada Boku shahrida COP-29 Global sammiti ish boshlashi bilan samimiy qutlab, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘tkir ekologik muammolarga yechim topish uchun vazirlar darajasida Turkiy ekologiya kengashini tez fursatda tashkil etish zarurligini ta’kidladi hamda uning birinchi uchrashuvini kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar tillarida turkiy xalqlar og‘zaki ijodining ko‘p jildlik to‘plamini nashr etish, birgalikda fundamental tadqiqotlar olib borish, maktablarda turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va san’ati bo‘yicha fakultativ darslarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishga tayyorligi bildirildi.