TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Donald Trampni AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qildi.
Trampning o‘zi ham AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. OAVga ko‘ra, u g‘alaba uchun zarur bo‘lgan saylovchilar kollegiyasining 270 ta ovozi o‘rniga 277 ta ovozni qo‘lga kiritdi.
Trampning saylovoldi tashviqoti vakillari uning saylovlar davomida bunday muvaffaqiyatli natijalarga erishishini kutmaganliklarini aytishdi.
Trampning saylovdan keyingi nutqida tarafdorlariga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, “MAGA”ni (2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi chog‘ida Donald Tramp tomonidan ommalashgan Amerika siyosiy shiori) AQSh tarixidagi eng buyuk siyosiy harakat deb atashdan boshladi.
Siyosatchi uning hukmronligi Qo‘shma Shtatlar tarixida "haqiqiy oltin davr" bo‘lishiga va’da berdi. Tramp bu saylovda saylovchilar kollegiyasining 315 tadan ovozini qo‘lga kiritishiga ishonishini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, respublikachilar Vakillar palatasi ustidan nazoratni saqlab qoladi va Senatda ko‘pchilikni qo‘lga kiritadi.
Tramp Jeyms Devid Vensni AQSh vitse-prezidenti lavozimi bilan tabrikladi.