TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston energetikasi qishdan o‘tib olishga tayyor. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Abu-Dabida o‘tayotgan xalqaro konferensiyada jurnalistlarga ma’lum qildi.
Abu-Dabida dunyodagi eng yirik ADIPEC energetika ko‘rgazmasi va konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston energetikasi amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli isitish mavsumiga shay holatga keltirildi.
“Bu yil tizimli ishlarni amalga oshirdik va qishga tayyorgarlik ko‘rdik, deb hisoblaymiz. Albatta, ijobiy va salbiy tomonlari bor, normal ob-havo bor, shuning uchun biz barcha ob-havo injiqliklariga tayyormiz”, — dedi u ADIPEC ko‘rgazmasi chog‘ida jurnalistlarga.