Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina 68 ta ionlashtiruvchi nurlanish manbasini yo‘qotdi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Ukraina 68 ta ionlashtiruvchi nurlanish manbasini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Ukrainada 68 ta ionlashtiruvchi nurlanish manbalari yo‘qoldi, bu radiatsiyaviy avariya sifatida tasniflanadi. Bu haqda brifingda Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiya, kimoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Unga ko‘ra, Ukraina ishlatilgan yadro yoqilg‘isining asosiy importchilaridan biriga aylandi. Ta’minot yo‘nalishlari Polsha va Ruminiya orqali tashkil etiladi va tashkiliy, logistika va moliyaviy masalalarni Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak shaxsan nazorat qiladi.

“Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi tomonidan bosh vazir Shmigalga slaydda taqdim etilgan hisobot ayniqsa tashvishli. Unda Xarkov viloyati, Lipsi qishlog‘idagi Metrologiya institutida joylashgan 68 ta ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, jumladan, yuqori faollik manbalari yo‘qolgani haqida xabar berilgan. Hisobotda qayd etilishicha, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazoratni yo‘qotish radiatsiyaviy avariya sifatida tasniflanadi”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, ionlashtiruvchi nurlanish manbai o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar hisoblanadi.