Aripov Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri bilan uchrashdi

Shanxayda yettinchi Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li San bilan uchrashdi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot xizmati.
Shanxayda 5-10 noyabr kunlari yettinchi Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
U Uzbekistana i Kitaya yest vse vozmojnosti, chtobi dovesti tovarooborot do $20 mlrd: premyer-ministri RUz i KNR vstretilis v Shanxae
Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotgani qayd etildi.
“2023 yilda savdo aylanmasi 14 mlrd dollarga yetdi. Davlatlar rahbarlari hukumatlar zimmasiga uning hajmini 20 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlashda barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun esa o‘zaro sa’y-harakatlari birlashtirish lozimligi bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, sanoat, infratuzilma, transport-logistika, “yashil” energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, IT, ta’lim, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda.