TOShKENT, 4 noya — Sputnik.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 13 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
“O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini jamg‘argan yigitlar umumjamoasi hisobda birinchi bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: -48 kg: Sayfiddin Sobirov, -57 kg: Samandar Olimov, -63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov, -86 kg: Akmaljon Isroilov, -92 kg: Halimjon Mamasoliyev.
Kumush medal: -75 kg: Jafarbek Shaxbozov, +92 kg: Shahzod Polvonov, -48 kg: Jasmin Tohirova, -81 kg: Ruxshona Parpiyeva, +81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
Bronza medal: -54 kg: Sobirjon Tastanov, -71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov, -70 kg: Oysha Toirova.