Tog‘-kon sanoati: Misrdan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi oshiriladi

Navoiy viloyatida Misr sarmoyasi asosidagi yirik investitsiya loyihasi yangi bosqichga o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar Misrdan O‘zbekistonga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi kamida 2 million dollarga yetkaziladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Navoiy viloyatidagi Shimoliy Bukantov istiqbolli mis konida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirilmoqda.
Shu yil sentabr oyida boshlangan loyihada 1400 metrlik burg‘ilash va 1700 metr kanava kavlash ishlari olib borildi, laboratoriya tahlillari uchun 1500 dona probalar olindi.
Loyihaning birinchi bosqichida ikki oyda 32 ta yangi ish o‘rni yaratilgan va ularning deyarli barchasi mamlakat fuqarolaridir.
“O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining sa’y-harakatlari natijasida bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan loyihaga 700 ming dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni kamida 2 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yil yakunigacha 3000 metrga yaqin burg‘ilash ishlarini olib borilishi ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda loyihani faollashtirish uchun 2-burg‘ilash uskunasi olib kelindi.
Bu dala geologik-qidiruv ishlarini 2 barobar tezlashishiga yordam beradi.
MiningMetals Uzbekistan 2024: O‘zbekiston oltin, kumush va mis ishlab chiqarishni oshiradi