BRIKS mamlakatlarining jahon iqtisodiyotidagi ulushi G‘arbnikiga qaraganda ko‘proq — Orban

Orban BRIKS davlatlarining jahon iqtisodiyotidagi rolini baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. BRIKS sammiti, agar u 20-yil avval bo‘lib o‘tganda, jiddiy yangilikka aylanmagan bo‘lardi, ammo hozir bu davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi G‘arb davlatlarinikidan oshib ketdi. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kossuth radiosida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bir hafta oldin Qozonda Sharqiy Jahon sammiti bo‘lib o‘tdi, bular BRIKS davlatlari: Xitoy, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika – ular endi kengaydi, 10 dan ortiq davlat bor va ularning barchasi Qozonda uchrashdi. Bu sharqiy dunyo iqtisodiyoti. Yigirma yil oldin bu jiddiy yangilik bo‘lmasdi, ammo hozir bu mamlakatlar global iqtisodiy ko‘rsatkichlarda G‘arb dunyosi iqtisodiyotiga qaraganda kattaroq ulushga ega", — dedi bosh vazir.
Vengriya Bosh vaziri 7-noyabr kuni “G‘arb dunyosi sammiti” – Yevropa siyosiy hamjamiyatining bo‘lib o‘tishini aytdi va uni “Vengriya tarixidagi eng yirik diplomatik voqea” deb atadi. Chunki Budapeshtga 40 dan ortiq davlat rahbarlari, ya’ni nafaqat Yevropa Ittifoqidan, balki Turkiya, Buyuk Britaniya, Kavkazorti va G‘arbiy Bolqon mamlakatlaridan ham keladi.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, sammitda Yevropa raqobatbardoshligining pasayishi va vaziyatni yaxshilashning mumkin bo‘lgan yo‘llari, shuningdek, AQSh saylovlaridan keyin dunyoda ro‘y berayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar muhokama qilinadi.