Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Vashington Ukrainada butun dunyoga qarshi kurashmoqda — Martindeyl

Amerikalik Daniyel Martindeyl 2022-yil fevralidan beri Ukraina hududida bo‘lib, u yerdan Rossiya harbiylariga UQK harbiy obyektlari koordinatalarini yuborib turgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Vashington Ukrainada butun dunyo va o‘z fuqarolariga qarshi kurashmoqda, dedi Rossiya Qurolli kuchlariga yordam bergan amerikalik Daniyel Martindeyl.

“Bu (maxsus harbiy operatsiya – tahr.) Vashingtonning butun dunyoga, o‘z fuqarolariga qarshi kurashini davom ettirish masalasi hamdir”, - dedi Martindeyl “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.

Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kuchlarining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari 2022-yil 11-fevraldan beri Ukrainada bo‘lgan va ikki yil davomida Rossiya Federatsiyasiga Ukraina harbiy obyektlarining koordinatalarini uzatib kelgan AQSh fuqarosi Daniyel Martindeylni Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududdan olib chiqib ketishgan. Ushbu ma’lumotlar Ukraina Qurolli kuchlarining texnikasi va shaxsiy tarkibini yo‘q qilish uchun bir necha marta ishlatilgan.
DXR mudofaa shtabining oktabr oyi oxirida ma’lum qilishicha, amerikalik Ugledar yo‘nalishidagi Bogoyavlenka qishlog‘iga hujumni tayyorlashda muhim rol o‘ynagan.
Martindeyl Moskvadagi birinchi matbuot anjumanini “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazida o‘tkazdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRda Kuraxovkani va Xarkovda Pershotravnevoyeni ozod qildi