TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari DXRdagi Kuraxovka va Xarkov viloyatidagi Pershotravnevoe qishloqlarini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Markaz” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining hujumkor harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Kuraxovka aholi punkti ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.
Kuraxovka Marinkadan 12 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Bu yerdan Ukraina Qurolli kuchlari Doneskning Petrovskiy tumanini o‘qqa tutgan. Qishloqni nazorat qilish janubi-g‘arbiy tomonda joylashgan Kuraxovo shahriga borishga imkon beradi.
Guruh, shuningdek, Dzerjinsk, Kalinovo, Voznesenka, Suxaya Balka va Drujba hududlarida oltita Ukraina brigadasini mag‘lub etdi va beshta qarshi hujumni qaytardi.
Shu bilan birga, “G‘arb” qo‘shinlar guruhi Pershotravnevoyeni ozod qildi.
Pershotravnevoe — Xarkov viloyati Izum tumanidagi qishloq, Borovayadan 16 kilometr sharqda. Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan ushbu aholi punktiga shimoldan - Kruglyakovka tomondan ham yo‘l olishmoqda.
Shu bilan birga, “G‘arb” qo‘shinlar guruhi Petropavlovka va Golubovka (Xarkov viloyati), Stelmaxovka, Nadiya (LXR) va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlarida beshta Ukraina brigadalarining bo‘linmalarini mag‘lub etishdi, shuningdek, bitta qarshi hujumni qaytarishdi.