O‘zbekiston va YeOII

Raqamli infratuzilma YeOII taraqqiyotining asosidir — YeIK vaziri

YeOIIning raqamli tizimga o‘tish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari qatorida, birinchi navbatda, raqamli infratuzilmani rivojlantirishni qayd etish lozim, dedi Arzibek Kojoshev.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Raqamli infratuzilma Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) taraqqiyotining asosidir. Bu fikrni 1-noyabr kuni MGIMOda bo‘lib o‘tgan “Transportda barqaror harakatchanlikni raqamli o‘zgartirish” mavzusidagi davra suhbatida Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YeIK) Energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bildirdi.
YeIK vaziri o‘z nutqida integratsiya komponenti va uning harakatchanlikni ta’minlashdagi ahamiyatini hisobga olgan holda transportning barcha tarmoqlarida raqamli o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish haqida ma’lumot berdi.
“YeOIIning raqamli tizimga o‘tish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari qatorida, birinchi navbatda, raqamli infratuzilmani rivojlantirishni qayd etish lozim. Va, albatta, integratsiya jarayonlarini boshqarish transformatsiyasi”, — dedi Arzibek Kojoshev.
Tadbir ishtirokchilari YeOIIni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Yevroosiyo makonida yagona transport raqamli sxemasini yaratish muhimligini ta’kidladilar.
So‘z yakunida Arzibek Kojoshev transportni rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini joriy etish va targ‘ib qilish bo‘yicha Komissiya va ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: O‘zbekistonning raqobat va raqamlashtirishdagi tajribasi YeOIIda katta qiziqish uyg‘otmoqda