TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga jamoat va davlat xavfsizligini ta’minlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda "Securex Uzbekistan" ko‘rgazmasi arafasida "Rosoboroneksport" rahbari Aleksandr Mixeyev ma’lum qildi.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik strategik xususiyatga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladi," - dedi Mixeyev.
Uning ta’kidlashicha, "Securex Uzbekistan" ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etayotgan "Rosoboroneksport" armiya, maxsus va politsiya bo‘linmalarini jihozlash uchun Rossiyaning so‘nggi mahsulotlarini namoyish etmoqda.
"Biz taqdim etayotgan texnik vositalar va raqamli yechimlar barcha zamonaviy tahdidlar va xavfsizlik muammolariga javob beradi", - deya qo‘shimcha qildi Mixeyev.
Vistavka Securex Uzbekistan 2023
© Securex Uzbekistan
"Securex Uzbekistan" – O‘zbekistondagi eng yirik xavfsizlik ko‘rgazmasi bo‘lib, unda xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish sohalarisida eng yangi texnik xavfsizlik uskunalari namoyish etiladi. Shuningdek, bu yer soha professionallari va davlat hokimiyati organlari vakillari o‘rtasida samarali muloqot maydonidir. Ko‘rgazma bu yil o‘zining 15-yilligini nishonlamoqda. Ko‘rgazmada 20 tadan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.