TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston mahbuslar soni MDHda eng kam, dedi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov jazoni ijro etish muassasalari boshqaruviga bag‘ishlangan davra suhbatida.
"Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada", - dedi Saidov.
Shuningdek, Saidov aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalarining tugatilganini qayd etdi va 2019-yil 1-yanvardan boshlab probatsiya faoliyati yo‘lga qo‘yilganini esga oldi.