TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, viloyat hududidan oqib o‘tayotgan Zarafshon va Oqdaryo darolarida kichik GESlar qurish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, viloyatga 500 ming turist jalb qilib, ushbu sohada xizmat eksportini 150 million dollarga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Undan tashqari, viloyatda yashayotgan 16 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, paxtachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik samaradorligini oshirish vazifalari qo‘yildi.
Zarafshon shahrini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan davlat rahbarining Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi.