TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska i nachala stroitelstva 15 proyektov v Navoiyskoy oblasti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Marosimda 15 ta loyiha haqida e’lon qilindi.
Jumladan, Konimex tumanida yonuvchi slaneslarni qazib olish va qayta ishlashning birinchi bosqichi, Karmana tumanida 300 megavatt quyosh foto elektr stansiyasi va 75 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi, Navoiy shahrida texnik gaz ishlab chiqarish, G‘ozg‘on shahrida marmar va Zarafshon shahrida granit toshlarni qayta ishlash, Uchquduq tumanida kaolin qazib olish va boyitish, Xatirchi tumanida baliq ozuqasi tayyorlash loyihalari qurilishi boshlandi.
Karmana tumanida kaliy sulfat va sulfat kislotasi, Navoiy shahrida paxta sellyulozasi, Nurota tumanida granit toshlarni qayta ishlash korxonalari ishga tushirildi.
Mazkur 15 ta loyihaning umumiy qiymati 3 milliard 600 million dollar. Ularning natijasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska i nachala stroitelstva 15 proyektov v Navoiyskoy oblasti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi loyihalarning qurilishi va faoliyatini boshlab berdi.