Mirziyoyev “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishi bilan tanishdi

Shaharchada 7-22 qavatli uy-joylar, 4 ming 170 o‘rinli umumta’lim maktablari, 1 ming 620 o‘rinli bog‘chalar, poliklinika barpo etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish maydonida bo‘lib, nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi
“Bugun bu yerga Navoiy viloyatidagi 8 ta tuman, 3 ta shaharning ertangi kuni qanday bo‘ladi, degan savolga javob topish uchun keldik. Aslida, bitta ro‘zg‘orni tebratishning o‘zi bo‘lmaydi. Xudoga shukur, aholimiz 38 millionga yaqinlashayapti. Buning uchun xalqimizga munosib mustahkam zamin yaratib borishimiz kerak. Bunday yangi shaharchalarni nima uchun qurayapmiz? Yoshlarimiz o‘sib kelayapti. Ular o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyida ishlab, yaxshi yashashi uchun hamma hududlarda sharoit yaratamiz”, - dedi prezident.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi
Loyiha uchun 1 ming 100 gektar yer Karmana tumanidan Navoiy shahriga o‘tkazilgan. Birinchi bosqichda 450 gektar maydonda qurilish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi
Shaharchada 7-22 qavatli uy-joylar, 4 ming 170 o‘rinli umumta’lim maktablari, 1 ming 620 o‘rinli bog‘chalar, poliklinika barpo etiladi. “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi ham shu yerda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi
Davlat rahbari Navoiy viloyatida sanoat rivojlangani, lekin xizmat salohiyati to‘liq ishga solinmaganini aytdi. Shu bois shaharchada sayilgoh, ko‘ngilochar maskanlar, savdo do‘konlari, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etib, xizmatlar rivojlantirilishi belgilandi.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilishining ilk bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi
Ta’kidlanishicha, shaharcha qurilishi direksiya tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Yer maydonlari elektron auksionga qo‘yilib, g‘olib qurilish tashkilotlari bilan investitsiya shartnomasi tuziladi.
Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishdi