TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik bokschilar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu kunlarda Chernogoriyaning Budva shahrida tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Barcha vazn toifalarida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘lgan.
“Quvonarlisi, 13 nafar hamurtimiz ushbu bosqichga yetib kelib, barchalari kamida bronza medalini naqd qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Bugun ular final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi.
Juftliklar:
-48 kg: Jasmin Tohirova - Nataliya Niyeviadomska (Polsha)
-70 kg: Oysha Toirova - Alimire Abudureyimu (Xitoy)
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva - Nur Aslan Sude (Turkiya)
-48 kg: Sayfiddin Sobirov - Dias Berikbay (Qozog‘iston)
-54 kg: Sobirjon Tastanov - Vacheslav Rogozin (Rossiya)
-75 kg: Jafarbek Shahbozov - Refukaiti Rexemuijang (Xitoy)
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Dovd (IBA)
+92 kg: Shahzod Polvonov - Aslan Yeldibayuli (Qozog‘iston)
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova - Sofiya Dushina (Rossiya)
-57 kg: Samandar Olimov - Janseri Kosherbayev (Qozog‘iston)
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Rafayel Nersisan (Armaniston)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Oner Seilxan (Qozog‘iston)
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev - Rassul Assanxanov (Qozog‘iston)