TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentga Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko hamda Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksey Chekunov keldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
V Tashkente s rabochim vizitom naxodatsya zamestitel Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Dmitriy Chernishenko, a takje ministr RF po razvitiyu Dalnego Vostoka i Arktiki Aleksey Chekunkov
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Bugun ular G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishishdi.
V Tashkente s rabochim vizitom naxodatsya zamestitel Predsedatelya Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Dmitriy Chernishenko, a takje ministr RF po razvitiyu Dalnego Vostoka i Arktiki Aleksey Chekunkov
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Chernishenko O‘zbekistonda ikki kunlik amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif dasturi qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, "Kelajak o‘yinlari kubogi yo‘li 2.0" roud shousiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish va A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali kampusining ochilishi.
Bosh vazir o‘rinbosari Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan gumanitar loyihalarda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan uchrashadi, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirgan.