TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Safar davomida davlatimiz rahbari ulkan industriya loyihalari, yangi korxonalar va ta’lim maskanlari faoliyati bilan tanishadi. Tashrifning ikkinchi kuni yangi loyihalarni ishga tushirish va viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.
Navoiy viloyati industrial salohiyati yuqori hudud. Iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlar tufayli so‘nggi yillarda bu yanada oshib bormoqda.