TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida vodorod peroksidiga yillik talab o‘rtacha 15 ming tonnadan ziyod. Bu yil o‘z faoliyatini boshlagan “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Prezident oznakomilsya s deyatelnostyu sovmestnogo predpriyatiya v ximicheskoy otrasli
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yerda tabiiy gaz chuqur qayta ishlanib, bozorbop mahsulotga aylantiriladi. Misol uchun, 60 foizli vodorod peroksidi tibbiyotda uch barobar, maishiy kimyo vositalarida ikki barobar qo‘shilgan qiymat yaratadi.
“Har bir loyihadan maqsad - yuqori daromad, qo‘shilgan qiymat. Bu korxona shu jihatdan ma’qul. Endi ishlab chiqarish barqarorligi, xaridorlar ishonchi uchun buni kafolatlangan xomashyo bilan ta’minlash kerak. Mahalliylashtirish dasturi asosida qulay shartlarda kredit ajratish ham mumkin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga bu korxona misolida shunday loyihalarni ko‘paytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezident oznakomilsya s deyatelnostyu sovmestnogo predpriyatiya v ximicheskoy otrasli
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, vodorod peroksidi shu paytgacha O‘zbekistonga katta xarajatlar bilan faqat chet eldan olib kelingan. Endi esa mahalliy mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldiradi.
“Shu bilan birga, yaqin minataqada bunday korxona yo‘q. Shu bois mahsulot MDH va Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda. Qisqa vaqtda qariyb 1,5 million dollarlik eksport qilingan. Korxonaning yillik eksport salohiyati 10 million dollar”, — deyiladi xabarda.
Bu suyuq kimoviy mahsulotlarni saqlash va yetkazib berish uchun shu yerning o‘zida plastik quyma idishlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Korxonani muqobil energiya bilan ta’minlash maqsadida quvvati 27 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.
Ta’kidlanishicha, Turkiyaning “Orbak Metal Industry” kompaniyasi bilan gidrogen peroksidi ishlab chiqarish quvvatini 45 ming tonnaga oshirish, shuningdek, tutash hududda oziq-ovqat sanoati loyihasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, vodorod peroksididan kimyo, metallurgiya, elektr texnikasi, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi kabi o‘nga yaqin tarmoqda foydalaniladi. Jumladan, qog‘oz, maishiy va kimoviy vositalar ishlab chiqarish, uran va kobalt mahsulotlari qazib olishda faol qo‘llaniladi. Qadoqlarni tozalovchi, sun’iy va sintetik tolalarni oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.