O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi saylovlar jiddiy qonunbuzarliklarsiz o‘tdi – Rossiya TIV

Mariya Zaxarova: Rossiya tomoni saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonining borishini diqqat bilan kuzatib borgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi saylovlar ochiq, raqobatbardosh va adolatli bo‘lib, jiddiy qoidabuzarliklarsiz o‘tdi. Bu haqda Rossiya TIV ramiy vakili Mariya Zaxarova jurnalistlar ishtirokidagi brifingda ma’lum qildi.
“Rossiya baholariga ko‘ra, saylovlar ochiq, raqobatbardosh, adolatli bo‘lib, O‘zbekistonning yangilangan konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga to‘liq mos ravishda, jiddiy qonunbuzarliklarsiz o‘tdi. Ovoz berish natijalari o‘zbek xalqining irodasini aks ettiradi va mamlakat prezidenti tomonidan e’lon qilingan yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lini davom ettirish imkoniyatini beradi va shunga ko‘ra, O‘zbekiston xalqini tabriklash uchun sabab bor”, — dedi Zaxarova brifingda.
Uning qayd etishicha, Rossiya tomoni saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonining borishini diqqat bilan kuzatib borgan.
“Rossiya vakillari ham MDH, ShHT, YeXHT orqali, ham ikki tomonlama formatda, xususan, Federal Majlis, Markaziy saylov komissiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqalar orqali xalqaro kuzatuv missiyalari tarkibida ishladilar”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazildi. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada.
Saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etdi. Saylovda siyosiy partiyalarning har biri saylovchilarning 7 foizidan ko‘p ovoz to‘plaganligi sababli 2024-yil 27-oktabrda o‘tkazilgan yagona saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topildi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlari soni aytildi