Toshkentda infografika yaratish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun dars SputnikPRO loyihasi doirasida tashkil qilindi.
Sputnik
Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti binosida infografika yaratish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini ekspert sifatida Sputnik O‘zbekiston infografikasi dizayneri Yaroslav Pronko olib bordi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari infografika turlari, texnik topshiriqlararatish ustida ishlash va u qanday vazifalarni hal qilishi haqida ma’lumot olishdi.
"Dizayner ma’ruzachi bilan muloqot, uning taqdimotlari va taqdim etilgan har bir ma’lumot juda sodda va tushunarli tilda bayon qilindi. Infografika haqida foydali bilimlarga ega bo‘ldik. Men ilgari bunday mahorat darslarida qatnashmagan edim va bugun menga haqiqatdan juda yoqdi. Ma’ruzachi yuqori malakali mutaxassis ekanligi sezildi va u bo‘lishgan hamma narsa juda foydali bo‘ldi. Universitetimizda shunday mahorat darslari tez-tez o‘tkazilsa, xursand bo‘lardim”, – dedi talaba Muxlisa Oqbo‘tayeva.
Filologiya fanlari doktori Dilnoza Aminovaning so‘zlariga ko‘ra, har bir o‘qituvchi o‘z darslarini vizuallashtirishga harakat qilishi kerak.
"Chunki bugungi kunda o‘quvchilar matnlardan ko‘ra infografika, jadval va diagrammalar ko‘rinishida ma’lumotniqabul qilishni afzal ko‘rmoqda. Men o‘z darslarimda aynan shu uslublardan foydalanishga harakat qilaman. Bu juda yaxshi samara beradi", – dedi Aminova.
Mahorat darsidan so‘ng talabalar ma’ruzachi bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.