TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston bilan neft-gaz sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Shu kunlarda Toshkentga “Gaz sanoatida yangi texnologiyalar” asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar uyushmasining tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Uskunalar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi "Gaz sanoatida yangi texnologiyalar" 2012-yilda "Gazprom" OAJ ko‘magida tashkil etilgan.
Delegatsiya tarkibiga 4 ta korxona kirdi: "Energomera" AJ, "AtlantikTransgazSistema" AJ, "Termogaz" MChJ, "MexMash" MChJ.
“Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida Rossiya kompaniyalari vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda respublikada neft-gaz, energetika va gaz transporti tarmoqlarini rivojlantirishning umumiy tendensiyalari hamda ushbu tarmoqlarning bugungi kundagi ehtiyojlari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yaqin kunlarda o‘zbekistonlik salohiyatli kontragentlar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.