TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Kruglyakovka qishlog‘ini nazoratga oldi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
Kruglyakovka qishlog‘i “G‘arb” qo‘shinlar guruhi tomonidan ozod qilindi.
Bundan tashqari, "G‘arb" jangchilari Petropavlovka va Berestovoe (Xarkov viloyati), Nadiya (LXR) va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlarida to‘rtta Ukraina brigadalarining tuzilmalarini mag‘lub etishdi. Shuningdek, beshta qarshi hujumni qaytarishdi.
Bir kun davomida dushmanning 410 nafar askari halok bo‘ldi va yaralandi. Qator qurollar, jumladan, beshta dala o‘q-dori ombori ham yo‘q qilindi.