O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada yangi kelishuvlarga erishishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari o‘rtasida 800 ming dollarlik eksport shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.
Pokiston Islom Respublikasining Karachi shahrida bo‘lib o‘tgan “5th International Textile&Leather Exhibition” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalardan iborat delegatsiya “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, xalqaro ko‘rgazma yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, mamlakat charm-poyabzal va charm-attorlik korxonalarini yanada rivojlantirish va ularning eksport saloxiyatini oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uzbekskie i pakistanskie kompanii dostigli novix dogovorennostey
“Muzokaralar yakunida “Havar Interprayziz” MChJ tomonidan “Shafiq Brothers” kompaniyasiga charm mahsulotarini yetkazib berish bo‘yicha 800 ming dollarlik eksport shartnomasi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazmada o‘zbkistonlik tadbirkorlar tayyor charm va undan tayyorlangan erkaklar, ayollar, bolalar va mahsus poyabzallar, charm-attorlik hamda maxsus kiyim mahsulotlarining yuzga yaqin turlari namoyish etishdi.