TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qiladi va mamlakatning raqobat va raqamlashtirish sohasidagi tajribasi Ittifoqda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Raqamli bozorlar va elektron platformalar faoliyatini o‘rganishda qo‘llaniladigan umumiy yondashuvlarni shakllantirishga bag‘ishlangan onlayn seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatidagi tajribasi taqdim etildi.
YeEK i Uzbekistan obmenyalis opitom antimonopolnogo regulirovaniya sifrovix rinkov
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev raqamli platformalarni monopoliyaga qarshi tartibga solishning yangi huquqiy asoslari haqida taqdimot qildi.
Raqamli platformalar turlari, ularning ustun mavqeyini aniqlash mezonlari, tegishli talab va taqiqlar, O‘zbekistonda o‘tkazilgan elektron savdo maydonchalarining dastlabki tahlili natijalari muhokama qilindi. Qoraboyev monopoliyaga qarshi tartibga solish va uni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Tomonlar bozor hokimiyatini o‘rnatishning universal mezonlari va umuman raqamli platformalar faoliyatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlar formatida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
YeEK i Uzbekistan obmenyalis opitom antimonopolnogo regulirovaniya sifrovix rinkov
© © YeEK
“Biz davlatlar bilan birgalikda YeOIIda raqamli bozorlarni tartibga solish bo‘yicha uyg‘unlashgan yondashuvlarni ishlab chiqishga harakat qilamiz”, — dedi Maksim Yermolovich.
Qayd etilishicha, raqamli sohada qo‘shimcha vakolatlarni rivojlantirish uchun qo‘shma treninglar va xodimlarning o‘zaro treninglarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.