Minskda MDH mamlakatlari doimiy vakillari uchrashadi

MDH mamlakatlari doimiy vakillari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Minsk shahrida 30-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari Doimiy vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Minsk shahridagi MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Hamdo‘stlikning nizom va boshqa organlaridagi Doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
Doimiy vakillar MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashi majlislari yakunlarini sarhisob qiladi, qabul qilingan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab beradi.
Yig‘ilishda delegatsiyalar rahbarlari Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va MDH Iqtisodiy kengashi majlislarida bildirilgan siyosiy, gumanitar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, majlisda MDH Ijroiya qo‘mitasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi memorandumni amalga oshirish bo‘yicha 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda MDH adliya vazirlari uchrashdi — kelishuvlar va muhokama etilgan masalalar