Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRda Sukurinoni ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya Qurolli kuchlari Sukurino aholi punktini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Sukurinoni ozod qildi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
DXRning Sukurino aholi putkti Rossiya qo‘shinlarining “Markaz” guruhi bo‘linmalari tomonidan ozod qilindi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Sukurino aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 27-oktabr kuni "Markaz" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari faol hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Izmailovka aholi punktini ozod qilgan edi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRda Aleksandropolni ozod qildi