O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlament saylovida 29,58 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi

Parlament saylovi jarayonlarida 5 milliondan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovlarida soat 11:00 holatiga 29,58 foiz saylovchi ovoz berdi. Bu haqda brifingda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
“Soat 11:00 holatiga mamlakatimiz bo‘yicha saylovchilar ro‘yhatiga kiritilgan saylovchilarning 5 mln 900 ming 243 nafari yoki 29,58 foizi saylovchi ovoz berishda ishtirok etdi”, — dedi Bahrom Qo‘chqorov.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston respublikasi - 25,61 foiz;
Andijon viloyati - 33, 24 foiz;
Buxoro viloyati - 30, 23 foiz;
Jizzax viloyati - 32,47 foiz;
Navoiy viloyati - 31,83 foiz;
Namangan viloyati - 29, 74 foiz;
Samarqand viloyati - 30,02 foiz;
Sirdaryo viloyati - 34,63 foiz;
Surxondaryo viloyati - 29,47 foiz;
Toshkent viloyati - 25,86 foiz;
Farg‘ona viloyati - 34,90 foiz;
Xorazm viloyati - 33,27 foiz;
Qashqadaryo viloyati - 27,76 foiz;
Toshkent shahri - 21,19 foiz.
Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.
Mamlakatda saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga 19 944 859 nafar saylovchi kiritildi. Saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlar 506,8 ming nafarni tashkil etadi.